Toshkentdagi ayrim koʻchalar 1-mart kuni vaqtincha yopiladi

Bunga “Xush kelding, bahor!” nomli milliy liboslar paradi sabab boʻladi 

Yakkasaroy tumanidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti roʻparasidagi Oʻrikzor va Shohjahon koʻchalaridan 144-maktabgacha 1-mart kuni “Xush kelding, bahor!” nomli milliy liboslar paradi boʻlib oʻtadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan 1-mart kuni soat 9:30 Oʻrikzor va Shohjahon koʻchalaridan 144-maktabgacha yoʻllar vaqtinchalik yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yoʻllar orqali harakatlanish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling