Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri ochiq holda yuritiladi

Mazkur reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi

Hukumat qarori bilan “Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

Mazkur reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi.

Reyestrni shakllantirish va yuritish nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash, ularni qayta koʻrib chiqish va yangilab borishni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.

Reyestrni yuritishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

  • nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash;
  • tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish;
  • davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini taʼminlash.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling