Surxondaryoda temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi 351,6 mln soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi 351,6 mln soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi, deb xabar berdi “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

“E.Q.M” MCHJga qarashli temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish zavodida quvvati 630 kVtli transformatorda oʻrnatilgan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasi manfaatiga 351,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling