Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya”.
Maʼlum qilinishicha, “K.I.S.T.” MCHJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulagan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasi manfaatiga 1 mlrd 265 mln soʻmlik ziyon yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling