Yashnoboddagi uylardan birida yongʻin sodir boʻldi

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Donishmand MFY, Donishmand koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonlarda 12-dekabr kuni soat 09:21 da yongʻin chiqdi.

Bu haqdagi xabar Toshkent shahar FVBga kelib tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 09:28 da yetib borib, yongʻin soat 09:39 da qurshab olinib, yongʻin soat 10:27 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling