Toshkent shahrining Olmazor tumani, Nurafshon koʻchasida 10-oktabr kuni soat 23:30 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1984-yilda tugʻilgan B.Q. boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasi va haydovchi 2004-yilda tugʻilgan I.T. boshqaruvida boʻlgan Matiz avtomashinalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida Spark avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek Spark avtomashina ichida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchilarga hamda Matiz avtomashina haydovchisiga birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling