JCH-2026 saralashi: Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynadi

Oʻzbekiston MTJ navbatdagi uchrashuvni 15-oktyabr kuni BAAga qarshi oʻtkazadi

Futbol boʻyicha Jahon Chempionati-2026 saralashi 3-bosqich doirasida Oʻzbekiston milliy terma jaomasi Eronga qarshi oʻyin oʻtkazdi. 

Uchrashuvda hisob ochilmadi. Oʻyinning 57-daqiqasida Shomurodovga nisbatan qoʻpollik ishlatildi. Bosh hakam VARni koʻrgach Saleh Hardanini maydondan chetlashtirdi. 

Shunday qilib uchta oʻyindan soʻng har ikki terma jamoa guruhda 7 ochko toʻplagan holda yetakchilik qilmoqda. 

Oʻzbekiston MTJ navbatdagi uchrashuvni 15-oktyabr kuni BAAga qarshi oʻtkazadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling