Jizzaxda 8,6 mlrd soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalanan metan zapravka aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

“Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumanida joylashgan “R.G.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich koʻrsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling