Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda OʻzA.
U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Rahmatulla Nurimbetov 2003-yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, 2018—2024-yillarda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling