Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchisi faoliyatini yakunlandi

Baxtiyor Saidov elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Musa Jamanbayev bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.

Vazirga koʻra, bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik barcha sohalarda misli koʻrilmagan surʼatni namoyon etmoqda.

"Ikki davlat qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan janob Elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladik», — deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling