Global texnologiya brendi HONOR bugun yangi HONOR N raqamli seriyalarining keying avlodi HONOR 400 seriyasining taqdimotini e’lon qildi. Ushbu seriya ilg‘or 200MP Ultra-tiniq AI kamera, ko‘p funksiyali AI tahrirlash vositalari, kuchli 6000 mA·soatli kremniy-karbon batareya va 5000 nit yorqinlikka ega zamonaviy displey bilan jihozlangan bo‘lib, doimiy aloqada bo‘ladigan yangi avlodga har kuni ilhom olish imkonini beradi.
Kuchli va ko‘p qirrali AI funksiyalarga boy kamera
Foydalanuvchilarga ajoyib suratga olish tajribasini taqdim etish maqsadida HONOR 400 inqilobiy 200MP Ultra-tiniq AI kamera tizimi bilan jihozlangan. Asosiy 200MP AI kamera 1/1.4 dyuymli katta sensor, f/1.9 diafragma va OIS + EIS ikkitalik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lib, hatto kam yorug‘likda ham yuqori aniqlikni ta’minlaydi. 12MP 112° ultra-keng va makro kamera keng manzaralarni suratga oladi, 50MP selfi portret kamerasi esa f/2.0 diafragma va ilg‘or portret algoritmi orqali professional darajadagi, yorqin va jonli selfilarni taqdim etadi. HONOR 400 seriyasining fotografiya imkoniyatlari takomillashgan AI HONOR Image Engine tizimi bilan kuchaytirilgan bo‘lib, mobil fotografiyani yangi bosqichga olib chiqadigan sun’iy intellekt innovatsiyalarini taklif etadi. HONOR 400 sanoatdagi birinchi asosiy kamera bilan 30 barobargacha yaqinlashtira oladigan telefoto suratga olish imkoniyatiga ega smartfon hisoblanadi. AI Super Zoom funksiyasi foydalanuvchilarga tabiat yoki shahar manzaralarini 15x dan 30x gacha bo‘lgan fokus masofasida ajoyib tarzda kadrga olish imkonini beradi.

Shuningdek, HONOR 400 seriyasi kundalik ijodkorlikni oshirish uchun ilg‘or AI tahrirlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Google Cloud’ning Vertex AI platformasidagi takomillashgan Veo 2 video generatori yordamida foydalanuvchilar rasmni videoga aylantirish orqali turli ijodiy imkoniyatlarni sinab ko‘rishlari mumkin — bu funksiyalar aynan HONOR 400 seriyasida ilk bor namoyon bo‘ladi. HD Moving Photo funksiyasi jonli daqiqalarning eng muhim uch soniyasini saqlab qoladi, foydalanuvchilarga ushbu lahzalarni ijtimoiy tarmoqlarda oson tahrirlash yoki ulash imkonini beradi. HONOR bu funksiyani Moving Photo Collage funksiyasi bilan yanada takomillashtirdi — bu dunyoda ilk bora taqdim etilgan funksiya bo‘lib, 2 dan 9 tagacha jonli suratlarni bitta hikoyaga aylantirib birlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, jonli suratlarni turli qurilmalar ekotizimida almashish imkoniyati foydalanuvchi tajribasini yanada silliq va uzviy qiladi.

Bundan tashqari, HONOR 400 seriyasi suratlar bilan ishlashga qaratilgan bir nechta aqlli funksiyalarni ham taklif etadi: HONOR AI o’chirgich, AI kengaytirish, AI orqali begona odamlarni olib tashlash va akslanishni olib tashlash funksiyalari. AI tahrirlash foydalanuvchilarga oddiy suratlarga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.
Kuchli batareya va unumdorlik
HONOR 400 seriyasi 6000 mA·soat sig‘imga ega silikon-karbon batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, ayniqsa safar chog‘ida uzoq vaqt foydalanish imkonini beradi. Batareya -20°C sovuq harorat va past quvvat darajasida ishlashi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, har qanday sharoitda qo‘ng‘iroq qilish yoki videoga olish funksiyalarini ishonchli bajaradi. U uzoq muddat xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 yildan keyin ham quvvat hajimini 80% dan ortig‘ini saqlab qoladi. 80Vt HONOR Wired SuperCharge funksiyasi bilan atigi 15 daqiqada 40% gacha quvvat olish mumkin.

AI yordamida kundalik foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi MagicOS 9.0
HONOR 400 seriyasi yangi MagicOS 9.0 operatsion tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga AI yordamidagi aqlli funksiyalar orqali yuqori darajadagi tajribani taqdim etadi. MagicOS 9.0 quyidagi ilg‘or imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi: AI tarjima, AI diktofon, Magic Portal, AI minutes, AI summary, AI format, Magic capsule, AI writing tools va AI subtitles.

AI Super Zoom yaxshilangan versiyasi bilan HONOR 400 Pro 50x gacha AIGC quvvatlangan telefoto imkoniyatini taqdim etadi. Qurilmaning chidamliligi ham yuqori bo‘lib, IP68 va IP69 darajadagi suv va changdan himoya bilan ta’minlangan. Zaryadlash imkoniyatlari ham kuchliroq: 100W simli va 50W simsiz zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Qurilma ilg‘or Snapdragon 8 Gen 3 mobil platformasi bilan ishlaydi va AI davrida foydalanuvchilar uchun qulay yordamchiga aylanadi. HONOR qurilmadagi qo‘ng‘iroq tarjimasi uchun katta model orqali 6 ta tilgacha real vaqtli tarjima imkonini beradi. Tasvir sifati, chidamlilik va zaryadlash samaradorligi bilan HONOR 400 Pro yuqori unumdorlikni istagan foydalanuvchilar uchun ideal tanlovdir.
Narx va mavjudlik
Tabiatdan ilhomlangan nafis dizayni bilan HONOR 400 quyidagi ranglarda taqdim etiladi: Yarimtun Qora, Tilla. HONOR 400 Pro esa Yarimtun Qora va Kulrang ranglarida mavjud bo‘ladi. HONOR 400 seriyasi allaqachon O‘zbekistonda sotuvda — narxlar HONOR 400 (8+256 GB) uchun 5 549 000 so‘mdan va HONOR 400 Pro (12+512 GB) uchun 8 999 000 so‘mdan boshlanadi. 7-avgustgacha HONOR 400 smartfonini xarid qiling va HONOR Choice quloqchinlari hamda HONOR sovg‘alar to‘plamlarini qo‘lga kiriting.

Batafsil maʼlumot havolada.
HONOR O’zbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo’ling:
Facebook: @honoruzbekistan
Instagram: @honoruzbekistan
Telegram: @HonorUzbekistan
YouTube: @Honor-Uzbekistan