Oʻzbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda OʻFA.
Unda terma jamoaning musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqildi. Terma jamoa oʻyinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni yetkazib berish yoʻlida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar oʻrtasidagi turnirlarni koʻpaytirish boʻyicha takliflar berildi.
Xose Venansio OʻFA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.
Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling