Toshkent viloyati YHXBga yangi rahbar tayinlandi

Kelgusida yoʻllarda inson salomatligini asrash borasida koʻrilishi zarur boʻlgan choralar muhokama qilindi

Toshkent viloyatida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, viloyat IIBB rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati. 

Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan polkovnik Aziz Sadirov masʼullar hamda xodimlarga tanishtirildi.

Poytaxt Toshkent shahrini viloyatlar bilan bogʻlovchi yoʻllar Toshkent viloyati hududidan oʻtishi, mazkur yoʻllarda transport vositalarining serqatnovligini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish lozimligi taʼkidlanib, 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat avtomobil yoʻllarida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari yuzasidan tanqidiy tarzda soʻz yuritildi.

Kelgusida yoʻllarda inson salomatligini asrash borasida koʻrilishi zarur boʻlgan choralar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling