Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

2024-yilning mart oyidan hokimi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Sherzod Rahimov lavozimidan ozod etildi

Sherzodjon Polvonov viloyat hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

U bunga qadar Mahallalari uyushmasining mahallalar obodligini taʼminlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan.

Sherzodjon Polvonov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan.

2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari boʻlib ishlagan.

2024-yilning mart oyidan Fargʻona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Sherzod Rahimov oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling