"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.
Cheklov 9-iyul kuni soat 07:00 dan 9-avgustga qadar amal qiladi.
Maʼlum qilinishicha, avtoulovlar harakati "Yangi O‘zbekiston" bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali "Milliy bog‘" ko‘chasiga yo‘naltiriladi.