Toshkent metrosiga 3 ta metro poyezdi olib kelindi

Shuningdek, fevral oyida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan

Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yoʻriqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra xizmat koʻrsatish uchun yoʻnalishlarga chiqariladi.

Shuningdek, fevral oyida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalangan.

“Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling