Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini koʻrsatish hamda soha boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bagʻishlangan majlis oʻtkazildi.
Majlisni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Sh.Dauletiyarov olib bordi.
Unda Paraxat Kaipbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Taʼkidlash joizki, Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling