15-dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Samarqand-Toshkent-Yoʻlovchi-Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, 775/776-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovi 2025-yilning 3–12-yanvar kunlarida ham yoʻlga qoʻyiladi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand - Toshkent Yoʻlovchi”
- Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15
776-sonli “Toshkent Yoʻlovchi - Samarqand”
- Toshkent Yoʻlovchi 13:56 — Samarqand 16:14
Shuningdek, 15-dekabrdan boshlab 769-sonli “Buxoro-Toshkent” yoʻnalishidagi “Afrosiyob” poyezdi harakat vaqtlariga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:
769-sonli “Buxoro — Toshkent”
- Buxoro 14:58 — Toshkent Yoʻlovchi 19:17