Toshkentda ayrim avtobus yoʻnalishlarida oʻzgarishlar kiritildi

Yangi 197-sonli avtobus yoʻnalishi ochiladi

Toshkentda 28-martdan boshlab ayrim avtobus yoʻnalishlarida oʻzgarishlar kiritildi. Bu haqda poytaxt transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Oʻzgarishlar quyidagicha boʻladi:

190-sonli avtobus yoʻnalishi

“Yangibozor ASHB - Mashinasozlar metrosi” yoʻnalishi Yangi Oʻzbekiston koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin oʻzining avvalgi yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettiradi.

Yangi 197-sonli avtobus yoʻnalishi ochiladi

“Oʻzbekiston mehmonxonasi bekati - Yangi Toshkent bekati” yoʻnalishi tashkil etiladi. Ushbu yoʻnalish Maxtumquli va Yangi Oʻzbekiston yoʻli koʻchalari orqali harakatlanadi.

137-sonli avtobus yoʻnalishi

Endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yoʻli koʻchasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi. “Istiqbol mahallasi - Qoʻshqoʻrgʻon mahallasi” yoʻnalishi “Yangi Toshkent bekati - Qoʻshqoʻrgʻon mahallasi” deb nomlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling