Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Shu kungacha u Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan

Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan.

Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.

Shu kungacha A. Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

A. Olimov 1988-yilda tugʻilgan. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling