Toshkentdagi 190-sonli Yangibozor AShB — Mashinasozlar metrosi yo‘nalishida o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu o‘zgarish 22-oktabrdan boshlab amal qiladi.
Yo‘nalish Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab kelishda Yangi Toshkent bekatigacha bo‘lgan qismi qisqartirildi.
Yo‘lovchilardan ushbu o‘zgarishni inobatga olish so‘ralmoqda.