“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan yangi poyezd qoʻyiladi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur dizel poyezdi “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ va “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ shartnomasi asosida qurilgan boʻlib, tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor (biznes-klass oʻrindiqlari yoʻnalish boʻyicha oʻzgaradi).
Hozirda poyezd mazkur yoʻnalishda sinovdan oʻtkazish jarayonida.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat boʻlib, 592 km masofani bosib oʻtadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yoʻlovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
Vagonlar afzalliklari ularning qulayligidan tashqari, yozda sovutish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular toʻxtab turganda ham ishlashda davom etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling