Toshkentning bitta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot tumanining ayrim hududlariga 18-mart kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Chortoq” MFY Birlik, Chortoq va Nayman ko‘chalaridagi 220 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling