Ta‘mirlash ishlari tufayli 17-oktabr kuni Yangihayot va Mirobod tumanlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Yangihayot tumani, “Binokor” MFY (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
- Mirobod tumani, “Baynalminal” MFY (soat 10:00 dan 18:00 gacha).
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.