Yangihayot tumanining ayrim hududlariga 21-noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Bunga taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Binokor” MFY Ziroat, Sholikor, Ziyoli zamon, Bunyodkor, Sohil, Ulugʻbek va Sangzor koʻchalarida 23 ta koʻp qavatli uylardagi 623 ta xonadon va 696 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 26 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling