Toshkent viloyatida qariyb 800 mln so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Yangiyo‘l tumanida 794,8 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar A.O. va M.A. “Nurafshon” MFY hududida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etgan.

Ular tijorat maqsadida elektr va gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling