Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga Yashnobod tumanidagi qo‘riqda bo‘lgan ofisdan 30-iyul kuni soat 17:32 da xabar tushdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ofisda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro M.M direktordan maoshini oshirishni talab qilib, bolta bilan jarohat yetkazishni aytib qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.
ㅤXodimlarning fuqaro M.M.ga, qonunchilik bo‘yicha javobgarlik to‘g‘risidagi tushuntirishlari natijasida bolta va fuqaroning oldida bo‘lgan sumka ichidagi pichoq olib qo‘yilgan.
ㅤHolat bo‘yicha xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga jo‘natildi.