Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha boʻlmaydi

Ushbu hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin

Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 24-oktabr kuni Yashnobod va Olmazor tumanining ayrim manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

Bular:

Yashnobod tumani: “Ahmad Yassaviy”, “Boysun”, “Shirinobod” hamda “Maʼrifat” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 23:00 gacha;

Olmazor tumani: “Sebzor” hamda “Yuqori Sebzor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Ushbu hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling