Buxoroda tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan “A.M.S." oilaviy korxonasiga qarashli oshxonaning elektr qurilmalarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 198 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling