Akmalxoʻja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

Tashkilotning yangi tahrirdagi Ustavi qabul qilindi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil qilingan yigʻilishda yengil atletika sport turlarida erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, respublikada uni yanada ommalashtirish hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.

Navbatdan tashqari saylov konferensiyasida federatsiya raisining oʻrinbosarlari va Bosh kotibi ham saylandi. Tashkilotning yangi tahrirdagi Ustavi qabul qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling