Toshkentning 7 ta koʻchasida umumiy uzunligi 18 km boʻlgan avtobus yoʻlaklari tashkil etiladi

Hozirda 53 km uzunlikdagi avtobus yoʻlaklari mavjud

Avtobuslar uchun ajratilgan alohida yoʻlaklar joriy etilishi natijasida mazkur koʻcha boʻylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha koʻtarilib, 29% ga yaxshilandi.

Natijada ushbu yoʻlaklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yoʻlovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yoʻlaklariga qoʻshimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km boʻlgan 7 ta koʻchada avtobus yoʻlaklari joriy etiladi.

“Natijada koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yoʻlovchilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oshiriladi”, — deyiladi “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling