Dam olish kunlari havo iliq boʻladi

Yakshanba kuni termometr ustuni 14-17 daraja iliqgacha koʻtariladi

Hafta oʻrtasida kuzatilgan sovuqdan soʻng, bugun va yaqin kunlarda Oʻzbekiston boʻyicha havo asta-sekin iliqlashadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Bugun kunduzi havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida boʻladi, yakshanba kuni esa termometr ustuni 14-17 daraja iliqgacha koʻtariladi.

Kechalari harorat biroz sekin koʻtariladi va 0-5 daraja iliqni, shimolda baʼzi joylarda 1-2 daraja sovuqgachani tashkil etadi.

Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 15-noyabrda 8-11 daraja iliq, 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling