Dam olish kunlari havo harorati koʻtariladi

Havo harorati 22-25 daraja iliq qiymatiga yetadi

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Faqat 2-noyabrda kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni 22-25 daraja iliq qiymatiga yetadi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent shahrida 1-3-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduzi bugun va ertaga 19-21 daraja iliq, 3-noyabr yakshanba kuni 23-25 daraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling