Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln soʻm evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytgan.
Ushbu pullar hisobidan 14 200 AQSH dollari va 100 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling