Chilonzor tumanining Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari davom etmoqda.
Mazkur ishlar maʼlum hududda yoʻl qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqazo qiladi.
Shu bois, 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabr kuniga qadar:
- Furqat koʻchasining Beshyogʻoch maydonidan Seul koʻchasi keshishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalishi;
- Beshyogʻoch koʻchasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oraligʻidagi qismida ikki tomonlama yoʻnalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.
Koʻrsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yoʻllardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling