Andijonda 40 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Shuningdek, Toshkentda pora olgan kadastr bosh inspektori ushlandi.

Toshkentda pora olgan kadastr bosh inspektori, Andijonda yer maydonini noqonuniy sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Bosh inspektor fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzib tashlamaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga pul talab qilgan. 

Shuningdek, Andijon shahrida yashovchi fuqaro xaridorga Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yerni E-auksion orqali yutib olganligini aytadi.

U kelgusida kadastr tizimidagi tanishlari orqali fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming dollar talab qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling