Dollar kursi yana pasayishi kutilmoqda

Bu — dollarning ketma-ket yettinchi kun pasayishi boʻladi

Oʻzbekistonda 25-fevral kuni amal qiladigan dollar kursi 15-16 soʻm atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda.

Bu — dollarning ketma-ket yettinchi kun pasayishi boʻladi.

10 kun avval — 14-fevral kuni dollar kursi 14 soʻmdan koʻproqqa oshib, rasman 13 ming soʻmlik dovonni zabt etgandi. Shundan buyon rasmiy kurs faqat tushmoqda.

Bugun, 24-fevralda tijorat banklarida sotib olish kursi 12 920 soʻmdan boshlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling