Toshkentda Malibu yoʻl chetidagi temir ustunga borib urildi

Haydovchi va yo'lovchi jarohatlandi

Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli koʻchasi, 50-uy qarshisida 16-noyabr kuni soat 00:10 larda haydovchi 2004-yilda tugʻilgan Sh.M. Malibu-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi temir ustunga toʻqnashgan.

YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yoʻlovchisi 2004-yilda tugʻilgan D.S.larga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.   

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling