Samarqandda ikkita qiz urishdi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda

13-dekabr kuni K.U (2008-yilda tugʻilgan qiz bola) A.R (2005-yilda tugʻilgan ayol) tomonidan kaltaklangan. 

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan K.U. goʻyoki A.R. haqida nomaqbul gaplar aytganligini u boshqalardan eshitgach, A.R. istirohat bogʻida  qizni yerga yotqizib, yuzi va tanasiga musht urgan, sochidan tortib yerda sudragan va buni atrofdagilar kuzatib turgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash maqsadida K.U. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling