Iliq va tuman: yilning soʻnggi ish haftasida havo qanday boʻladi?

Kunduzi havo 5-10 daraja iliqqacha isiydi

Bu yilning soʻngi ish haftasi davomida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Kunduzi havo 5-10 daraja iliqqacha, janubda 12-15 daraja iliqqacha, shimolda va Fargʻona vodiysida 2-7 daraja iliqqacha isiydi.

Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuqdan 0-1 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi, kunduzi harorat asosan 6-9 daraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling