Toshkentda ikki haydovchi yoʻlning oʻrtasida urishdi

Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

25-oktyabr kuni taxminan soat 18:20 larda Matiz va Spark rusumli avtomashina haydovchilari - 1998-yilda tugʻilgan M.J. va 1997-yilda tugʻilgan U.S.lar Sergeli tumani, Yangi Sergeli koʻchasida harakatlangan vaqtida yoʻl talashgan. 

Soʻng haydovchilar avtomashinasidan tushib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yoʻlning qatnov qismida jamoat tartibini buzib oʻzaro urishishgan.

Haydovchilar bu holat yuzasidan muqaddam IIOga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga taqdim etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling