Toshkentda ikki avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

18-oktabr kuni soat 17:50 larda Bektemir tumani Xusayn Boyqaro-Bektemir shoh koʻchalari chorrahasida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 1979-yilda tugʻilgan U.K. boshqaruvida boʻlgan Spark rusumli transport vositasi va  haydovchi 2000-yilda tugʻilgan M.S. boshqaruvida boʻlgan Damas rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida Damas rusumli avtomashina haydovchisi va yoʻlovchisiga birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling