6-noyabr kuni soat 4:55 larda A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi 238,5 kilometrida “Vodiy - Toshkent” yoʻnalishida togʻ qiyaligidan yogʻingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh - tuproq aralashmasi koʻchkisi kuzatilgan.
Koʻchki yoʻlning xandak qismiga tushgan boʻlib, harakat xavfsizligiga taʼsir yetmagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Voqea joyida “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK kuch va vositalari bilan koʻchki massalari tozalangan. “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin - qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yoʻlida xavfsizlik choralarini koʻrgan.
Dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalarga transport vositalarini toʻxtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va taʼqiqlovchi belgilarga rioya etishlari soʻralmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling