Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Joriy ish haftasi ham quruq bo‘lishi kutilmoqda

Havo harorati asosan kechalari 12-17 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 22–26-sentabr kunlari havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati asosan kechalari 12-17 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.

22-23-sentabr va 26-sentabr kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

24 va 26-sentabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat asosan kechalari 13-16 daraja, kunduzi 22-23-sentabrda 24-27 daraja,24-26-sentabrda 27-29 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling