Juma—yakshanba kunlari yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda

Havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha pasayadi

20-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

20-21-dekabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.

Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling