Oʻzbekistonda kelgusi hafta avvalida havo harorati qanday boʻladi?

14-15-oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi

Oʻzgidromet 14-16-oktyabr kuni mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15°, 16 oktabrda 12-17° boʻladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 14 oktabrda kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. 15 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktabrda 5-10°, 15-16 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 13-18°; 16 oktabrda 15-20°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15° iliq, 16 oktabrda 12-17° boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 14-15 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 13-18°; 16 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, 14-15 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, 14 va 16 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-15°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 14-15 oktabrda ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktabrda kechasi va kunduzi 5-10°, 15 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling