12-oktyabr kuni kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida boʻlishi saqlanib turadi.
Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, faqat shimoliy va janubiy hududlar boʻyicha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi 10-15 daraja atrofida boʻladi, kunduz kuni 17-22 darajagacha biroz pasayadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 11 va 13 oktabr kunlari ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida 12 oktabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja boʻladi.
13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi . Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling