Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻladi?

Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 10-15 daraja iliqqacha isitadi

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ertaga 23-noyabr kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 0-5 daraja iliq, shimolda baʼzi joylarda 1-3 darada sovuq atrofida boʻladi.

Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 10-15 daraja iliqqacha isitadi. Bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun boʻlgan iqliy meʼyorlariga yaqin.

Sharqiy yoʻnalishdagi shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling