Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertaga – 31-may kuniba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 29-31 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, bugun kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.