5-noyabrdan respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo harorati asta–sekin pasyishi boshlanadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Havo harorati 5-noyabrda kunduzi 13-18 daraja iliq, 6-noyabrda 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi, 7-8-noyabrda esa harorat 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Kechalari sovuq boʻladi. Respublika hududining katta qismida 7-8-noyabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha, Ustyurtda -3—4 daraja sovuqqacha pasayadi.
5-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
7-8-noyabrda hududning katta qismida yomgʻir kuzatilmaydi. 7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Fargʻona vodiysida, shuningdek, 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Shimolda yomgʻir va hoʻl qor koʻrinishidagi aralash yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli bor.
Togʻlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi), 5-6-noyabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-8-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.
Toshkent shahrida 5-6-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 7-8-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5-noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 23-25 daraja iliq, 5-noyabrda 15-17 daraja iliq, 6-noyabrda 10-12 daraja iliq, 7-8-noyabrda 7-10 daraja iliq boʻladi.
5-6-noyabrda kechalari 10-12 daraja iliq, 7-noyabrda 4-6 daraja iliq, 8-noyabrda 0-3 daraja iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling